Yangiliklar
Xalqaro moliya institutlari vakillari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 20.10.2022
  • 293

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 19-may kuni Fransiya, Qatar hamda Yaponiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan edi.

Bugun Aksiyadorlik jamiyatining majlislar zalida 4 ta kompaniya tomonidan Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida 1570 MVt quvvatga ega bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi loyihasi yuzasidan xalqaro moliya institutlari vakillari bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Xorijiy hamkorlarni “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov boshchiligidagi mutaxassislar qabul qildi. Tomonlar investitsion loyihaning 2-bosqichini moliyalashtirish masalalarini muhokama qildilar.

⇒ Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda qurilish maydoni 73 gektarga, yillik generatsiya hajmi 13 mlrd kVt•soatga teng yirik IES qurilmoqda.

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 100,0 km uzunlikka ega 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i hamda 500 kVli “Xalqa” podstansiyasi quriladi.

 

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>