Yangiliklar
Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!
  • 21.10.2022
  • 270

Siz azizlarni jamoamiz nomidan 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan samimiy muborakbod etaman.

Milliy til — kurrai zaminimizdagi barcha xalqlar va millatlarning madaniy o‘zagi, asosiy muloqot manbai hisoblanadi. Ona tilimiz orqali alla eshitganmiz, oilada tarbiya, o‘quv muassasalarida ta'lim olganmiz, urf-odat, an'ana va madaniyatlarimiz ruhiyatimizga singgan.

1989-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlanishi ham belgilab qo‘yilgan.

Alqissa, til — tarix, til — madaniyat, til — milliy qadriyatimiz unsuri.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston ahlini, jahon mamlakatlaridagi vatandoshlarimizni, qolaversa energetika sohasi jonkuyarlarini bugungi bayram bilan samimiy tabriklab, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-baraka, tinchlik-omonlik tilayman.

Hurmat bilan,

Dadajon Isaqulov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>