Yangiliklar
«Energo-IT» filiali: «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!»
  • 21.10.2022
  • 366

Ona tili — millat ma'naviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir.

2020-yil 10-aprelda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, 21-oktabr sanasini yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» etib nishonlash belgilandi. Ayni damlarda esa o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan, O‘zbek tili bayrami kuni bilan bir-birimizni tabriklab turibmiz.

Ushbu kun munosabati bilan «Energo-IT» filialida ham «Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!» shiori ostida chellenj o‘tkazildi. Bu esa ona tilimizni qay darajada ardoqlashimizni va hurmat qilishimizni bildiradi. Tadbir davomida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Orif To‘xtashning ijodiy ishlaridan ham foydalanildi.

✍️ “Energo-IT” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari
 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>