Yangiliklar
Energetika vazirligida matbuot-shtabi tashkil etildi
  • 25.10.2022
  • 299

Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni sohada amalga oshirilayotgan ishlardan tezkor хabardor qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining buyrug‘i bilan “Matbuot-shtabi” tashkil etildi. Shtab tarkibiga yoqilg‘i-energetika kompleksi tashkilotlari matbuot kotiblari jalb etilgan.

Kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin sovishi tufayli elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotlari isteʼmoliga bo‘lgan talabning oshishi natijasida murojaatlar soni sezilarli darajada ortib bormoqda.

Shu munosabat bilan, yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari, shuningdek, elektr energiyasi, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir mahsulotlarini yetkazib berish hajmlari, kuzatilayotgan nosozliklarning sabablari va ularni bartaraf etish to‘g‘risida tezkor va ishonchli maʼlumot berish muhim ahamiyatga ega.

Yuqoridagilarni inobatga olib, isteʼmolchilar, ommaviy axborot vositalari va blogerlarga yakdil xulosaga ega maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida Energetika vazirligi shtabi o‘z faoliyatini boshladi.

Shtab aʼzolari isteʼmolchilar murojaatlariga javoblar, intervyular, brifinglar tashkillashtirish, mavjud muammo va uning yechimlari to‘g‘risida tezkor axborot berishni rejalashtirgan.

 

 

 

Yoqilg‘i-energetika sohasiga oid barcha qiziqtirgan savol va murojaatlarni press@minenegry.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Energetika vazirligi Matbuot-shtabining platformasi — Energetika vazirligining https://minenergy.uz/ veb-sayti, telegram mesenjeridagi https://t.me/minenergy.uz kanali hamda tizim tashkilotlariniing ijtimoiy tarmoklardagi quyidagi rasmiy sahifalaridir.

 

 

 

 

 

“O‘zneftgazinspeksiya” - https://t.me/uzngiuz  

“O‘zenergoinspeksiya” - https://t.me/Energoinspeksiya  

“O‘zbekneftgaz” AJ - https://t.me/ao_uzbekneftegaz

“O‘ztransgaz” AJ - https://t.me/uztransgazaj_info 

“Hududgaztaʼminot” AJ - https://t.me/AO_Hududgaztamino

 “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ - https://t.me/uzmetaxborotxizmati

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ -  https://t.me/ies_uz

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ - https://t.me/hetmuloqot  

“O‘zbekgidroenergo” AJ - https://t.me/uzgidrouz 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2225

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>