Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi fuqarolar murojaati bo‘yicha shaxsiy qabul o‘tkazdi
  • 25.10.2022
  • 349

Bugun, 2022-yil 25-oktabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Aksiyadorlik jamiyatining ma'muriy binosida fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Bu safargi qabulni Dadajon Aynaqulovich uzbekistonmet.uz veb-sayti orqali bo‘sh ish o‘rinlari e'lonlarini ko‘rib, belgilangan tartibda hujjat topshirib, tanlov asosida o‘tkaziladigan suhbatlarga kelishi lozimligini tushunmagan nomzodlarni qabul qildi.

Qabul davomida xodimlar hamda murojaatlar bilan ishlash masalalariga mas'ul boshqarma vakillari ishtirok etishdi.

⇒ Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 341-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomning 56-bandida Davlat organlari, tashkilotlari rahbarlari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq o‘tkazilishi hamda bu haqdagi axborot rasmiy veb-saytlarida e'lon qilish belgilangan.

 

Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>