Yangiliklar
“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
  • 31.10.2022
  • 214

“Samarqand MET” filialining  majlislar zalida "O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbisari v.v.b. N.Mahmudov va Yuridik  boshqarma boshlig‘i Sh.Axmedov hamda "Samarqand MET" filiali direktori M.Pardayevlar ishtirokida Filial ishchi-xodimlari uchun “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, uning oldini olish hamda sohani rivojlantirishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash; Shaxsiy aloqa vositasidan ekstremistik va terroristik sayt sahifalarini mutolaa qilmaslik; Taqiqlangan axborotni tarqatmaslik; Ijtimoiy tarmoq sahifalaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanmaslik va mehmat samaradorligiga oid masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, uchrashuvda ishchi-xodimlar tomonidan jamoa shartnomasiga qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar berildi.

 

✍️ U. Yuldashev, "Samarqand MET" filiali yetakchi huquqshunosi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>