Yangiliklar
220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari haqida ma’lumot
  • 14.11.2022
  • 355

220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida “KRUN 10 kV yacheykalarini almashtirish” loyihasi uchun “O‘zbekiston MET” AJ va “O‘zelektroapparat-Elektroshit” AJ o‘rtasida 2020-yil 9-oktabr sanasida imzolangan 040105-sonli shartnomaga binoan 10 kVli 42 ta yacheyka podstansiya hududiga keltirildi. Qurilish-montaj ishlari “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ tomonidan olib borilib, III va IV seksiyalarga mo‘ljallangan 20 ta yacheykalar montaj qilindi, sozlash-ta'mirlash ishlari yakunlandi.

Podstansiyada quyidagi uskunalar o‘rnatildi: 1 fazali 2 ta ZROM-10 kV (RDMR-950/10) va unga tegishli boshqaruv paneli hamda TMG-1000/10 U1 (s neytralem na VN) tipidagi transformator o‘rnatildi. 4 ta 110 kV elegaz o‘chirgichlar va 44 ta 110 kV ajratgichlar almashtirildi. 17 ta himoya panellari montaj qilindi.

Quvvati 200 MVA bo‘lgan avtotransformatorda montaj va sozlash ishlari yakunlanib, joriy yilning 27 avgustida ishga tushirildi.

Bundan tashqari “Traktorsoz” podstansiyasida quvvati 10 MVA bo‘lgan transformator quvvati 125 MVA bo‘lgan transformatorga almashtirilib ishga tushirildi.

“Qo‘yliq”, “Yuksak”, “Ozodlik” va “Traktorsoz” podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish natijasida umumiy quvvatlar 568 MVAga oshdi.

Toshkent shahrida ekspluatatsiya qilinib kelinayotgan podstansiyalarda sohada amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlari samaradorligi, ya'ni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish natijasida, poytaxtimiz energetika tarmog‘i ishonchliligi oshirildi va zarur holatlardi bitta podstansiyaning yuklamasini boshqa podstansiyaga vaqtincha berish imkoniyati paydo bo‘ldi.

 

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>