Yangiliklar
Sherzod Xo‘jayev: Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — stansiyalarimizda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligida
  • 16.11.2022
  • 294

«Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — uskunalarning eskirgani yoki yetarli emasligida emas, balki stansiyalarimizda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligida» — Sherzod Xo‘jayev, energetika vaziri o‘rinbosari

AOKAdagi matbuot anjumanidan:

«ASKUE tizimini joriy qilganimiz bitta masalada adolat o‘rnatdi — endi to‘lovni amalga oshirmagan iste'molchi energiya yoki gaz bilan ta'minlaymaydi. Ushbu tizim ishga tushgach, elektr energiyasini iste'molchiga yetkazib berishdagi uzilishlarni uch barobarga qisqartirdik. Oxirgi besh yilda qurilgan elektr stansiyalari undan oldingi 25 yilda ham qurilmagan.

Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — uskunalarning eskirganligi yoki yetarli emasligida emas. Balki stansiyalarimizda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligida. Masalan, O‘zbekistondagi mavjud elektrning 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning qariyb 85 foizi tabiiy gaz vositasida.

Masalan, 2016-yilgacha O‘zbekistonda bitta zamonaviy bug‘-gaz issiqlik stansiyasi qurilgan — 2012-yilda Navoiy issiqlik elektr stansiyasida. Ammo 2016-yildan keyin Navoiyda bitta, Tallimarjonda ikkita, To‘raqo‘rg‘on elektr stansiyasida ikkita, Taxiatosh elektr stansiyasida ikkita va Toshkent elektr stansiyasida bitta bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi. Bularning barchasi davlat investitsiyasi hisobidan qurildi», — dedi Sh.Xo‘jayev.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Manba: https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official/31286

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>