Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazish amaliyoti davom ettirilmoqda
  • 17.11.2022
  • 275

Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan, mamlakatimizning tog‘li hududlari orqali o‘tgan 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2022-yilning 16-noyabr sanasida mamlakatimizning tog‘li hududlarida kuzatilgan noqulay ob-havo, ya’ni kuchli shamol va qalin qordan keyin yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasini uzatish jarayoninig ishonchliligini oshirish bo‘yicha zarur texnik-muhandislik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 

Veb-sahifaTelegramFacebookInstagramTwitterOdnoklassniki.ruUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>