OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Yurtimizda ilk marta qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali o‘zini-o‘zi energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etildi
  • 17.11.2022
  • 285

BMTning Taraqqiyot dasturi loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘zini-o‘zi qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali enetgiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydigan xonadon barpo etildi.

Bugun ushbu uyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati hokimligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi, BMTTD va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur xonadonga 15 kVt quvvatga teng quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, xonadonni energiya resurslari bilan to‘liq ta’minlaydi.

Shuningdek, xonadonda issiq suv ta’minoti uchun 200 litrli quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatilgan.

Ahamiyatlisi, mazkur xonadon o‘z ehtiyojidan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotib, qo‘shimcha daromad olish imkoniyati ham yaratildi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️ @minenergy_uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>