Yangiliklar
«Farg‘ona MET» filiali: Tejamkorlik — barqarorlik garovi
  • 18.11.2022
  • 261

❗️ Kuz-qish mavsumida hududlarda elektr energiya va tabiiy gaz bilan bog‘liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun elektr energiyasi, gaz iste’molini tejash va undan oqilona foydalanish lozim.  

«Farg‘ona MET» filialida «O‘zbekiston MET» AJ ning 2022-yil 14-noyabrdagi 10/57-sonili xati va Filialning 2022-yil 15-noyabrdagi KSh-173 sonli buyruqlariga asosan «Farg‘ona MET» filiali tasarrufidagi obyektlarda elektr energiyasi, gaz istemolini tejash va undan oqilona foydalanish to‘grisida muhokamalar yig‘ilishi b‘lib o‘tdi.  Yig‘ilish davomida Filial direktori v.b. Sh.Sh.Kamilov xodimlar nafaqat ish joyida, balki o‘z xonadonlarida ham elektr energiya va gazdan oqilona tejamkorlik bilan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejab, iqtisod qilib foydalanish bizning umumjamoaviy harakatimiz bo‘lishi kerakligi ta’kidlanib, ishtirokchilarning tejamkorlik takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, Filial rahbari tomonidan obyektlarda elektr energiyani tejash borasida kerakli ko‘rsatmalar berildi.

⚡️ Ishtirokchilarning takliflari bo‘yicha kelgusida elektr energiyasi va gazdan tejamkorlik bilan oqilona foydalanish to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazish kelishib olindi.

✍️ «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>