Yangiliklar
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 17-noyabr kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi
  • 18.11.2022
  • 299

Kecha, 17-noyabr kuni elektr stansiyalar orqali 219 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 213,6 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.  

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 149,7 mln kub metr tabiiy gaz va 2 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 7 ming 852 tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir soatdan bir yarim soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 900 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti bo‘yicha Farg‘ona, Samarqand va Toshkent viloyatlarining ayrim hududlarida gaz bosimining pasayishi kuzatildi. Natijada isteʼmolchilardan 400 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, kuz-qish davrini betalafot o‘tkazish maqsadida elektr tarmoqlari korxonalarida 532 ta, gaz taʼminoti korxonalarida esa 244 ta nosozliklarni oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha brigadalar tashkil etilgan.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Hurmatli isteʼmolchilar, elektr energiyasi taʼminoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki Telegramdagi (@HET_admin) administratorga, shuningdek, tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminoti yuzasidan 1104, 104 telefonlari yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

▶️ @minenergy_uz

Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/6371

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>