Yangiliklar
Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!
  • 18.11.2022
  • 265

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-noyabrdagi 01-30/1-2714-sonli topshirig‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha «O‘zbekiston MET» AJ tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi hamda Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan «Farg‘ona MET» filiali xodimlari ishtirokida «Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!» hamda «Shuhrating porlasin toki bor jahon» shiorlari ostida madaniy-ma’rifiy yig‘ilish o‘tkazildi.

 Yig‘ilish avvalida davlat madhiyasi jo‘rovozlikda kuylandi. Yig‘ilish davomida filial direktori v.b. Sh.Sh.Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i hamda Davlat Madhiyasining o‘ziga xos tarixi va mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘zlab, kelgusida bayrog‘imizni jahon miqyosida yuksaklarga ko‘tarish maqsadida barchamiz munosib hissamizni qo‘shishimiz lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, filialning barcha obyektlarida «Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!» hamda «Shuhrating porlasin toki bor jahon» shiorlari ostida aksiyalar o‘tkazish belgilandi.

 Ilohim, har birimizning faxr-u iftixorimizga aylangan muqaddas Bayrog‘imiz hamisha yuksalsin va otashin so‘zlari ila har lahza yuraklarimizni uyg‘otguvchi Madhiyamiz dunyoviy sahnalarda jarang sochaversin!

«Farg‘ona MET» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>