Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tog‘ va qir adirliklaridan o‘tgan qismi nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 21.11.2022
  • 221

Avval xabar berilganidek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan, mamlakatimizning tog‘li hududlari orqali o‘tgan 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari  navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Misol uchun, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Podstansiyalar xizmati boshlig‘i boshchiligida elektr uzatish havo liniyalari xizmati xodimlari tomonidan 500 kV kuchlanishli, ishchi texnik nomi L–524 bo‘lgan elektr tarmog‘ining tog‘ va qir adirliklaridan o‘tgan qismi nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, sozlash-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

✍️ «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali

Veb-sahifaTelegramFacebookInstagramTwitterOdnoklassniki.ruUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>