Yangiliklar
Ayni paytda Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 3-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda
  • 22.11.2022
  • 353

AOKA tomonidan 2022-yil III chorakda o‘tkaziladigan matbuot anjumanlari va press-turlar yuzasidan Media-rejaning tegishli bandiga muvofiq «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida Press-tur va Matbuot anjumani tadbirlari davom etmoqda.

⚡️ Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, AOKA mutaxassislari hamda Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlar matbuot kotiblari ishtirok etishmoqda.

⚡️ «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari, «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali mas'ul xodimlari Investitsiya dasturiga muvofiq modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari olib borilgan yuqori kuchlanishli podstansiyaning mamlakatimiz elektr energetika tarmog‘idagi o‘rni, Toshkent shahri va Toshkent viloyati iste'molchilari, sanoat korxonalari va kichik va o‘rta biznes vakillari faoliyatiga xizmat qilishi tushuntirildi.
 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

✍️ “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>