Yangiliklar
220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasida Press-tur hamda Aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 3-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani tadbirlari o‘tkazildi
  • 22.11.2022
  • 268

Mediatadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, AOKA mutaxassislari hamda Energetika vazirligi tizimidagi tashkilotlar matbuot kotiblari ishtirok etishdi.

Press-tur davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari, «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali mas’ul xodimlari tomonidan Investitsiya dasturiga muvofiq modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari olib borilgan yuqori kuchlanishli podstansiyalarning mamlakatimiz elektr energetika tarmog‘idagi o‘rni haqida dastlabki ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, OAV vakillariga 220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasining Toshkent shahri va Toshkent viloyati iste'molchilari, sanoat korxonalari va kichik va o‘rta biznes vakillari faoliyatiga xizmat qilishi, elektr obyektida olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarining ahamiyati tushuntirib berildi.

Tadbirning ikkinchi qismi «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali binosida davom etdi. Ommaviy axborot vositalari vakillari, eng avval, ishchi-xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng OAV vakillari ishtirokida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 3-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumani davomida jurnalislarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>