Yangiliklar
“Toshshaharnur”: Toshkentdagi ko‘cha chiroqlari sarfini kamaytirish natijasida kunlik elektr energiyasi sarfi 25 foizga kamaydi
  • 22.11.2022
  • 356

16-noyabrdan boshlab ko‘cha yoritish tarmoqlarida qo‘shimcha energiya sarfini cheklash rejimi joriy etildi. Bu kunlik elektr energiyasi sarfini 25 foizga kamaytirdi yoki oktabr oyida o‘rtacha kunlik iste’moli 115,9 ming kVt-soat bo‘lsa, noyabr oyida bu ko‘rsatkich 87,8 ming kVt-soatni tashkil etdi.

Natijada kuniga 28 100 kVt-soat yoki oyiga 843 000 kVt-soat elektr energiyasi tejaldi. Taqqoslash uchun ushbu tejalgan elektr energiyasi respublikadagi 4 400 ta xonadonning o‘rtacha bir oylik iste’molini tashkil etadi.

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/6408

 “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>