Yangiliklar
“Farg‘ona MET” filialining ma'muriy binosiga 40 kVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilmoqda
  • 30.11.2022
  • 376

Avval xabar berganimizdek, Magistral elektr tarmoqlari filiallarining ma’muriy binolari tomiga quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Dastlabki quyosh panellari «O‘zbekiston MET» AJ  ma’muriy binosining tom qismiga, so‘ngra «Samarqand MET» hamda «Andijon MET»  filiallari binolariga «yashil energiya» manbasi o‘rnatilgan edi.

⚡️ Ayni kunlarda «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialining ma’muriy binosiga ham 40 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatish ishlari boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 10-iyun kuni Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 48-bayonida belgilangan topshiriqlarga muvofiq, "O‘ztexsanoat” uyushmasi o‘tkazilgan ko‘rgazmadagi  kelishuvlarga binoan, “O‘zbekiston MET” AJ  Solar Nature korxonasi bilan 28 ta obyektga 500 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatish bo‘yicha umumiy qiymati 5,0 mlrd. so‘mlik shartnoma imzolangan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>