Qiziqarli xabarlar
Quyosh energiyasi orqali kofe tayyorlash qurilmasi yaratildi?
  • 07.11.2022
  • 271

Gollandiyalik dizayner quyosh energiyasi bilan ishlaydigan choynak va kofe donalarini qovurish moslamasini ishlab chiqdi. U gaz va elektr energiyasidan foydalanmasdan hafta davomida mosladan foydalanib keldi.

Tizim quyosh isitish usuli va vakuumli quvurlardan foydalanishga asoslangan.
 
Qurilma ikki qavatli shisha quvurlar tizimidan iborat. Tashqi quvur quyosh nurlarining ichkariga kirib borishini ta'minlaydi, suvni isituvchi plyonka bilan qoplangan ichki quvur esa quyosh nurini issiqlikka aylantiradi. Quvurlar orasidagi vakuum tufayli issiqlik yo‘qotilishi kamayadi. Ma'lum bo‘lishicha, bu quvurlardan xom kofe donalarini qovurish uchun ham foydalanish mumkin.

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1694

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>