Qiziqarli xabarlar
«Galatasaroy» futbol klubi Istanbulga elektr sotadi
  • 09.11.2022
  • 312

«Galatasaroy» futbol klubi Istanbul energiyasining bir qismini stadion tomiga o‘rnatilgan quyosh panellari orqali ta'minlaydi. Mart oyida «Galatasaroy» stadionlardagi quyosh panellaridan ishlab chiqaradigan eng ko‘p megavatt quvvat bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi va Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Panellarning quvvati 2000 ta uyning energiya iste'moliga teng. Bu SO2 emissiyasini yiliga 3250 tonnaga kamaytiradi. Panellar tomonidan ishlab chiqariladigan quyosh energiyasi stadion tomonidan iste'mol qilinadigan elektr energiyasining 65 %ini ta'minlaydi, qolgan qismi esa shahar elektr ta'minotidan olinadi.

#quyoshenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1698


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>