Qiziqarli xabarlar
O‘zbekistonda yirik shamol elektr stansiyasi qurilmoqda
  • 14.11.2022
  • 274

Navoiy viloyatining Tomdin tumanida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Stansiya yiliga 1 milliard 800 million kVt•s elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Bu esa yiliga 540 million kub metr tabiiy gazni tejash va atmosferaga 720 ming tonna issiqxona gazlari chiqishining oldini oladi.

Qurilish davrida 800 tagacha yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyiha 2024-yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

#O‘zbekiston #shamolenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/1704

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>