Qiziqarli xabarlar
2022-yilda global SO2 emissiyasi 1% dan kamroq ortadi
  • 30.11.2022
  • 345

Reuters agentligining xabar berishicha, Xalqaro energetika agentligi (XEA) hisobotiga ko‘ra, qayta tiklanadigan energiya tufayli bu yil global SO2 emissiyasi 1 %dan kamroq ortadi.

Global uglerod chiqindilarining o‘sishiga energiya ishlab chiqarish va aviatsiya sohasi sabab bo‘lmoqda, chunki pandemiyadan so‘ng havo qatnovi tiklanishda davom etmoqda.

Yil oxirida atmosferaga chiqadigan karbonat angidrid chiqindilari deyarli 300 million tonnaga ortadi va 33,8 milliard tonnani tashkil qiladi. Hisobotda qayta tiklanadigan energiya manbalari va elektr transport vositalarining joriy etilishi issiqxona chiqindilarini qisqartirgani qayd etilgan. Quyosh va shamol energiyasi global qayta tiklanadigan elektr energiya ishlab chiqarishni 700 teravatt-soatdan (TVt•s) ko‘proqqa oshirdi.

#buqiziq

Manba: https://t.me/clearenergy/1726

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>