Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmolarining tog‘ va qir adirliklaridan o‘tgan qismi nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 06.12.2022
  • 271

⚡️ Avval xabar berlganidek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansida bo‘lgan, mamlakatimizning tog‘li hududlari orqali o‘tgan 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Misol uchun, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli, ishchi texnik nomi L-F-S–220 bo‘lgan elektr tarmog‘ining qir adirliklaridan o‘tgan qismi navbatda tashqari ko‘rikdan o‘tkazildi.

Muhandis-texnik xodimlar tomonidan ko‘rik jarayonida aniqlangan kamchiliklar — yaroqsiz holga kelgan izolyatorlar almashtirilib, sozlash-ta’mirlash ishlari olib borildi.

✍️ «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>