Yangiliklar
Bosh qomusimiz — Konstitutsiyamiz qabul qilinganlligining 30 yilligi muborak bo‘lsin!
  • 07.12.2022
  • 1805

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 30 YILLIGI MUNOSABATI BILAN QUTLOV SO‘ZI

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi a'zolari!

So‘zimiz avvalida hayotimizning Bosh Qomusi hisoblangan Konstitutsiyamiz haqida ikki og‘iz ma'lumot keltirib o‘tsak.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq bilan Respublika Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan e'tiboran, O‘zbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e'lon qilgan sanadan e'tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o‘rnatilgan.

Alohida ta'kidlash kerakki, O‘zbekiston Konstitutsiyasi eng taraqqiy etgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan.

Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston – Prezidentlik boshqaruv shaklidagi suveren demokratik respublika hisoblanadi. Konstitutsiyada davlatni, jamiyatni rivojlantirishning demokratik omillari belgilab berilgan bo‘lib, unda Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Konstitutsiyasida jamiyat hamda davlatning hayotidagi eng muhim masalalar umumiy ovoz (referendum)ga qo‘yilib, hal qilinadi.

Konstitutsiyada O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi hamda prezidenti ish olib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, Davlat hokimiyati esa uchga – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga bo‘linadi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasida, davlat, o‘z faoliyatini inson hamda jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolatga qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat tili — o‘zbek tilidir.

Mamlakatda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘libgina qolmay, o‘z hududida va uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini huquqiy himoyasini ta'minlaydi.

Konstitutsiya, shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining o‘z vatanlari ichida erkin harakatlanishlari, istagan joylariga ko‘chib borib yashash huquqlarini ham kafolatlaydi.

Konstitutsiyada, har kim erkinlik hamda shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bir so‘z bilan aytganda, har birimizning hayot tarzimizda Bosh Qomusimiz asosiy o‘rinni egallagan holda namoyon bo‘ladi!

Qadrli hamkasblar, aziz jamoadoshlar!  

Barchangizni va siz orqali oila a'zolaringizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

Shuning barobarida har biringizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik tilayman. Yurtimiz energetika sohasi ravnaqi, xalqimiz baxtu saodati, ona Vatanimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi xayrli ishlaringizga yaratganning o‘zi madadkor bo‘lsin!          

Yurtimiz kundan-kunga rivoj topib, katta rivojlanish yo‘lidan ketmoqda. Bu albatta, tanlagan yo‘limizning nihoyatda to‘g‘riligi, u mustahkam asosga ega ekanligidadir. Bugungi rivojlanishga Siz kabi tajribali va jonkuyar insonlar tomonidan katta hissa qo‘shilmoqda.

Biz aminmizki, Sizning haqiqiy vatanparvarligingiz davlatimiz xizmatidagi ko‘p yillik ilmiy tajribangiz Sizga sharafli vazifangizni bajarishda hamrohlik qilib, yo‘lingizni yoritib nurafshon aylab turadi.

So‘zim yakunida barcha ezgu niyatlarning amalga oshishini, ko‘tarinki va bayramona kayfiyat hamisha hamroh bo‘lishini tilab qolaman!

D.A.Isaqulov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» boshqaruvi raisi

>