Yangiliklar
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh hamkasblarimiz taqdirlandi
  • 07.12.2022
  • 376

Joriy yil 7-dekabr kuni soat 15:00–14:30 oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Markaziy apparatida ma'muriyat ishchi-xodimlari uchun katta tadbir tashkil qilindi. Dastavval tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini jamoaviy jo‘rovozlikda ijro etish bilan boshlandi.

Tadbirni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining maslahatchisi, ijodkor Orif To‘xtashev olib bordi va yig‘ilganlarga davlatimizning muqaddas ramzlari bo‘lmish — Bayroq, Gerb, Madhiya hamda Konstitutsiya xususida kengroq ma'lumotlar taqdim etdi.

Shuningdek, tadbirda vatan, mustaqillik, tinchlik, farovonlik, kasbga sadoqat kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratildi.

Shundan so‘ng “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.A.Nazirov so‘z olib, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi va tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan taqdirlangan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv apparatida munosib faoliyat olib borayotgan bir guruh hamkasblarga Esdalik nishonlari, Faxriy yorliq hamda Tashakkurnomalarni taqdim etdi.

Marhamat, ular bilan tanishing!

O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi 243-sonli farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida taqdirlanganlar ro‘yxati:

Kulibayev Shamshiddin

Bosh boshqarma boshlig‘i

Sultonov Akmal

Boshqarma boshlig‘i

Yunusxodjayev Farux

Boshqarma boshlig‘i

Ziyotov Alimardon

Bosh buxgalter o‘rinbosari

Baymuxamedov Abdulaziz

Filial direktori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston MET” AJning Tashakkurnoma bilan taqdirlangan ishchi-xodimlar ro‘yxati

Devitsina Svetlana Viktorovna

Buxgalteriya hisobi va hisoboti boshqarmasi katta kassiri

Tashtayev Abduvali Rixsimboyevich

Avtotransport va mexanizimlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Gulomov Sanjarbek Gulomovich

Yuridik boshkarmasi bosh yuristkonsulti

Zakirova Ma'mura Baxtiyorovna

Ishlab chiqarish xo‘jaligi xizmati farroshi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston MET” AJning Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan xodimlar ro‘yxati:

Turayev Umidjon Baxtiyor o‘g‘li

Investitsion loyihalarni amalga oshirish guruhi rahbari

Inamxodjayev Dilmurod Utkirovich

Markaziy rele himoyasi va elektr avtomatikasi xizmati 1-toifali muhandisi

Yakubova Feruza Sabirdjanovna

Ishlab chiqarish xo‘jaligi xizmati farroshi

 

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>