Yangiliklar
Prezident Administratsiyasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Turkmanistondan elektr energiyasi importining kunlik hajmi oshirildi
  • 09.12.2022
  • 227

⚡️ Ma'lumki, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlari orqali mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi taqsimlovchi tarmoqlar — «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalarga uzatib (transportirovka) beriladi.

Bundan tashqari, ichki iste'mol quvvatini qoplash maqsadida, Hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq (2019-yildan buyon), Turkmanistondan elektr energiyasi importi amaliyoti amalga oshiriladi.

Mamlakatimizda, sovuq ob-havo bilan bog‘liq holda energetika tizimida kuzatilayotgan vaziyatni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli topshiriqlariga ko‘ra, «Turkmanenergo»  davlat elektr energetika koorporatsiyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida, import amaliyotining sutkalik 17–18 mln kV•soat hajmi 20–21 mln kV•soat hajmga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalar hamda 110–220–500 kV kuchlanishli tarmoqlar barqaror faoliyat yuritmoqda. Tun-u kun tashkil etilgan maxsus brigadalar tomonidan elektr tarmoqlarining nazorat ko‘riklari tashkil etilgan bo‘lib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etib borilmoqda.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>