Yangiliklar
E'TIROFLAR MUBORAK BO‘LSIN!
  • 08.12.2022
  • 272

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta'minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e'tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Yurtimiz taraqqiyotining yangi bosqichida xalqimizning tinch va farovon hayoti uchun ishonchli kafolat bo‘lgan Bosh Qomusimizni bugungi davr talablariga mos holda, eng muhimi, fuqarolarimiz xohish-irodasi va fikri hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi bo‘lgan “Inson–jamiyat–davlat” tamoyili asosida haqiqiy xalq Konstitutsiyasiga aylantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning umumsalohiyatini yuksaltirish, qudratini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimizning samarali mehnati munosib taqdirlandi. Ular orasida "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatidan 7 nafar xodimining borligi barcha sohadoshlarni birdek quvontiradi.

Xususan, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov

hamda O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari Feruz Mustafoyevich Qurbonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi 243-sonli farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Biz fursatdan foydalanib, mazkur nufuzli e'tirofga munosib ko‘rilgan Jamiyatimiz a'zolarini bir ovozdan qutlab qolamiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati jamoasi, 2022-yil, 8-dekabr

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>