Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «6-Kamalak ko‘cha hududidagi qarovsiz TPni ta’mirlab, qo‘shimcha — yangi TP o‘rnatilishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz...»
  • 13.12.2022
  • 175

Murojaat egasi: Xo‘jamberdiyev Erkin To‘xtaboyevich, Namangan viloyati

Elektron pochta: sanabarxon1953@umail.uz

Murojaat mazmuni:

Assalomu alaykum, hurmatli rahbariyat!

ARIZA


Biz, fuqarolar ommaviy ravishda ariza-murojaat yozishimizdan maqsadimiz shuki, 2010-yilda Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasida davlat dasturi asosida yangi, zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilib, asosiy yo‘lni kengaytirish maqsadida, davlat ehtiyoji uchun uylarimiz buzilishga tushib, 2013-yildan boshlab “Istiqbol” MFY, 6-Kamalak asosiy ko‘cha, 1–2–3-o‘tish yo‘li hududida infratuzilma masalalari hal bo‘lmay kelinmoqda.

2013-yilda yangi tashkil bo‘lgan aholi massivida, zamonaviy infratuzilmani yaratish masalasi davlat dasturlari va Vazirlar Mahkamasining yig‘ilish bayonlariga kiritilgan bo‘lsa-da,  hozirga qadar mahalliy hokimiyat va mas'ul boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan o‘ziga yuklatilgan vazifani sovuqqonlik bilan bajarmay kelmoqda.

Sababi, ushbu manzillarda elektr ta’minoti TP-250 kVt korpusi qo‘yilgan bo‘lib, ichki tuzilmasi 160 kVt quvvatga ega, yo‘llarni asfaltlash ishlari bajarilmagan, tabiiy gaz tarmog‘i tortilmagan, yo‘lovchi transportlari yetarlicha qo‘yilmagan.

Qolaversa, Prezidentimizning 2021-yil 18–19-fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida, yillar davomida yig‘ilib kelgan muammolarni bosqichma-bosqich yechilishi ta'kidlagangan edi va shu yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mutasaddilarga qat'iy ko‘rsatma berilib, muddat belgilab berilgan edi.

Yuqoridagilarga asosan, farzandlarimizni xavfsizligi va sog‘ligi, aholi farovonligini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.04.2021-yildagi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5048-sonli qarorning ijrosi va Qarorning 7j-ilovasiga asosan, Namangan shahar “Istiqbol” MFY 6-Kamalak asosiy ko‘cha 1–6-o‘tish yo‘llari hududidagi 13/07 TP-250 kVt (aslida 160 kVt) qarovsiz va achinarli ahvolda ekanligini inobatga olib, xalq manfaati yo‘lida ushbu TPni kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda aholi ko‘payganligini inobatga olib, QO‘SHIMCHA — YANGI 250 kVt TP o‘rnatilishida tegishli mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatma berib, obod mahallaga aylantirilishida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.


Hurmat bilan,  mahalla faollari va fuqarolari

Bog‘lanish uchun telefonlar: +998936062393; +998939232866; +998913420031; +998999933566.

“Istiqbol” MFY 6-Kamalak 1-2-3-4-5-6-o‘tish yo‘lidagi 250 nafar fuqarolar nomidan Xo‘jamberdiyev Erkin To‘xtaboyevich, Namangan viloyati

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Erkin To‘xtaboyevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining "Murojaatlar" rukni orqali yuborgan so‘rovingiz tegishli tartibda qabul qilindi va Siz murojaatda ko‘targan masala turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmatiga, shuningdek, Namangan viloyati hokimiyati Matbuot xizmatiga yo‘naltirildi. Umid qilamizki, mas'ul xodimlar murojaatingizni o‘rganib, sizga tegishli tartibda javob berishadi.

MA'LUMOT O‘RNIDA: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish, bundan tashqari, elektr energiyasi importi va eksporti masalalari bilan shug‘ullanib, iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyati haqida batafsil: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/79

Ijtimoiy tarmoq sahifalari: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/16158   

“Murojaatlar” rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/23

Ma'lumot o‘rnida: Iste'molchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, iste'molchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatlariga kiradi.

 ⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:

• het.uz – rasmiy veb-sayti

• Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin

• Facebook – Hududiy elektr tarmoqlari

• Call centre: 1154

• Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

Qo‘shimcha ma'lumot: Elektr tarmoqlarida iste'molning keskin oshishi tufayli, elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda, energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi.

Bu haqda batafsil ma'lumotlarni quyidagi havolalardan olishigiz mumkin: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/5717

Batafsil SAVOL-JAVOBLAR: https://t.me/uzmetaxborotxizmati/8935 

Energetika vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin: https://minenergy.uz/uz

Toshkent, 100047, Tashkent sh., Istikbol ko‘chasi, 21

Transport: 
Metro: Amir Temur bekati 
Avtobuslar: № 14, 53, 58, 78, 93, 98

Marshrutli taksilar: № 26, 102 (Mo‘ljal Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti)
Tel: (998 71) 236-3822

Devonxona: (998 71) 236-2708
Elektron pochta: info@minenergy.uz 
 

Ish grafigi: 
dushanba - juma: 9:00 - 18:00 
tushlik vaqti: 13:00 - 14:00 
shanba, yakshanba: dam olish kuni

 

Gaz ta'minoti bilan +99871-200-0804 yoki 1104 raqami orqali bog‘lanasiz. «Hududgazta'minot» AJ https://hududgaz.uz/ “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati Ish vaqti: 09:00 - 18:00 Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 98 Indeks: 100115 E-mail: info@hududgaz.uz Telefon raqami : (71) 281-16-85.

 

Ma'lumot o‘rnida: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati tomonidan to‘ldirilib, yangilanib boriladigan het.uz veb-saytida “Iste'molchilar uchun” deb nomlangan bosh rukn tarkibida “Shaxsiy kabinet” — https://het.uz/oz/pages/view/personal_account, “Elektr energiyasining tijorat hisobi” — https://het.uz/oz/lists/view/38 kabi interaktiv ruknlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

• Call centre: 1154

• Iste'molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari: https://het.uz/oz/lists/regions

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>