♻️ «Тoshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali ma’muriy binosiga 50 kVt quvvatli, 220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiysiga esa 20 kVt quvvatli, jami 70 kVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi o‘rnatilib, ishga tushirildi.
⚡️ Mazkur elektr stansiyasi orqali yiliga 176,2 ming kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu bilan Filialning yillik xarajatlari 79,0 mln. so’mga kamayishiga erishiladi.
Ahamiyatlisi, ushbu stansiya kunduz kuni binoni elektr energiyasi bilan to‘liq taʼminlaydi. Shuningdek, elektr energiyasining ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga uzatish (sotish) imkoniyati ham mavjud.
Bundan tashqari, «Keles» podstansiysiga ham umumiy hajmi 200 litr bo‘lgan quyosh suv isitish qurilmasi o‘rnatildi.
▶️ Manba
‖ Veb-sahifa ‖ Telegram ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Utube ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati