Yangiliklar
2022-yil SARHISOBI. 2-sonli: “O‘zbekiston MET” AJ tizimida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
  • 31.01.2023
  • 408

Jamiyat boshqaruvi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi yakunlangan 2022-yil mobaynida tizim tasarrufidagi bir qancha tuzilmalar faoliyatini o‘rganib, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi holati bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Masʼul xodimlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha muloqotlar olib bordi. Tuzilmalardagi ichki va tashqi yozishmalar, hujjatlar, hisob-kitob, statistika va xizmat xatlarining davlat tilida ish yuritish qoidalariga mosligini o‘rgandi. Shuningdek, joylardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavhalar va boshqa ko‘rgazmali axborot matnlari davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini ko‘zdan kechirdi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga kiruvchi barcha filiallar uchun davlat tilida ish yuritish asoslari bo‘yicha masofaviy mahorat darslari olib borildi. Xodimlarning sohaviy til boyligini rivojlantirish maqsadida Jamiyat sayti va ijtimoiy tarmoqlarida tizimda ko‘p qo‘llaniladigan so‘z va atamalar hamda ularning sharhlarini berib borish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda boshqaruv raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tizimdagi barcha yozishmalar, chiquvchi xat va hujjatlarning savodxon tayyorlanishi bo‘yicha qatʼiy nazorat o‘rnatilgan. Bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish hamda talab etilgan darajada bo‘lishini taʼminlash maqsadida boshqaruv raisi hamda rais o‘rinbosarlari nomidan yo‘llanadigan har qanday xat va hujjatlar maslahatchi ko‘rigidan o‘tkazilmoqda va u tomonidan kiritilgan tuzatish va o‘zgartirishlardan so‘ng ikkinchi nusxasi imzolangan holda rahbariyatga kiritib borilmoqda.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimida 2020-yil mart oyidan eʼtiboran maslahatchilik joriy etilgan va salkam uch-yillik davr mobaynida xat-hujjatlarning faqat davlat tilida (xorijiy mamlakatlarga rus va ingliz tilidagi tarjimasi bilan birgalikda) tayyorlanishiga erishildi.

Yakunlangan 2022-yil mobaynida oyma-oy Aksiyadorlik jamiyati boshqarmalari xodimlarining Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida tashkil etilgan o‘quv jarayonlaridagi ishtiroki taʼminlandi.

Jamiyat hamda uning tasarrufidagi barcha boshqarma va bo‘limlarga tegishli mavjud meʼyoriy hujjatlar (nizomlar, lavozim yo‘riqnomalari va h.k.) rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girilib, qaytadan mukammal ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan nashr qilinib, respublikamizdagi mavjud idora va tashkilotlarga beg‘araz taqdim etib kelinayotgan “Davlat tilida ish yuritish” qo‘llanmasi, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili meʼyorlari” kabi kitoblar tizimlarga ehtiyojga qarab taqsimlandi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda tasdiqlangan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2022-yil uchun ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq har oy yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar markazga taqdim etib borildi.

Boshqaruv raisi maslahatchisi, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va jurnalist Orif To‘xtash 2022-yil mobaynida ham o‘zining dolzarb mavzulardagi maqola va ijodiy ishlari bilan markaziy nashrlarda, tele va radiokanallarda ko‘plab chiqishlarni amalga oshirdi.

Xususan, “Yangi O‘zbekiston” gazetasining bir qancha sonlarida o‘zining tahliliy va ijodiy yondashuvlari bilan maqolalar chop ettirdi. “O‘zbekiston-24” teleradiokanali ko‘rsatuv va eshittirishlarida ijodkor hamda davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida ko‘p bor qatnashdi.

Bevosita boshqaruv raisi maslahatchisi tashabbusi bilan Aksiyadorlik jamiyati xodimlarining xalq bilan muloqot va muomala etiketi, davlat tilida ish yuritish hamda savodxonlikni yuksaltirish kabi maʼnaviy-maʼrifiy mavzularda davra suhbatlari tashkil etildi.

 

Orif To‘xtashev,

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>