Yangiliklar
Sirdaryo va Jizzax viloyatlari iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida yuqori kuchlanishli birinchi raqamli podstansiya va elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda
  • 07.02.2023
  • 408

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatining Shirin, Yangiyer, Xovos tumanlari, Jizzax viloyatining Zomin, Zarbdor va Zafarobod tumanlari iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 220 kV kuchlanishli birinchi raqamli yangi “Zafarobod” podstansiyasi qurilmoqda.

Shuningdek, mazkur podstansiya uchun uzunligi 144 km bo‘lgan 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i ham qurilmoqda. Bugungi kunda qurilish ishlari 42 foizga bajarildi.

Mazkur yirik loyiha Prezidentimizning 2022-yil 28-dekabrdagi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

▶️ @minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7248?single

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>