OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
  • 13.02.2023
  • 146

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar “Yakkabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqaro M.Sh. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga mayning qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan ulab, 81,1 ming kVt/s elektr energiyasini noqonuniy sarflagan.

Ushbu xonadon xo‘jalik binosida fuqaro A.A. 52,1 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 144,3 million so‘m zarar yetkazgan.  

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.  

Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “Q.A.” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi G‘.R. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga xo‘jalikning 2 dona suv nasosini o‘zboshimchalik bilan ulab, 267 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 120,1 million so‘m zarar yetkazgan.  

Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan “Hududgaz Jizzax” GTF shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.A.” oilaviy korxonasiga qarashli issiqxonada gaz hisoblash uskunasiga tashqaridan ta’sir o‘tkazilib, 119,1 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 119,1 million so‘m zarar yetkazilgan.  

Departament matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA  

Manba: https://uza.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>