OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «O‘zbekiston neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga berganmi?»
  • 15.02.2023
  • 157

UzNews.uz

Avvalroq, Ozodlik radiosining O‘zbekistonning energetika sohasi bo‘yicha surishtiruvi e'lon qilingandi. Unda O‘zbekistondagi neft va gaz konlari Rossiya kompaniyalariga 35 yilga berib yuborilgani ma'lum qilingan. "Ozodlik" tayyorlagan videolavhada bir nechta hujjatlarni ham bunga isbot qilib ko‘rsatiladi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bloger va jurnalistlar bilan uchrashuv o‘tkazib mazkur surishtiruvda aytilgan gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi bildirgan.

Uchrashuvda ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston 35 yil davomida barcha gaz va neft konlariga mutlaq huquqni Rossiya bilan aloqador kompaniyalarga o‘tkazib bergani haqidagi ma'lumotlar yolg‘on va noto‘g‘ri talqin qilingan ma'lumotdir. O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan gaz va neft konlarining asosiy qismi "O‘zbekneftgaz" AJga tegishli.

"Gap Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan "Mustaqillikka 25 yil" gaz koni (sobiq "Gajak" nomi bilan atalgan) haqida ketmoqda. Ya'ni, investorlarga uni belgilangan muddatda ishlab chiqish va boshqarish huquqi beriladi. Shu bilan birga, imzolangan shartnomaga ko‘ra, ushbu konni o‘zlashtirish uchun O‘zbekiston byudjetidan mablag‘lar sarflanmaydi yoki davlat kafolati ostida kreditlar olinadi. Barcha xarajatlar 100 foiz investorlar tomonidan qoplanadi", - deya tushuntirgan energetika vaziri.

Jurnalistlarga sarmoyadorlar bilan imzolangan shartnomani ko‘rsatgan vazirga ko‘ra, kondan tushadigan sof daromadning kamida 50 foizi O‘zbekiston g‘aznasiga tushishini ta'kidladi. Daromadning 50 foizi investorga, 50 foizi davlatga tushadi.

Manba: https://uznews.uz/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>