Yangiliklar
Rasmiy munosabat: Tibbiy muassasaning bugungi kundagi ta’sischisi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatidagi masala Agentlik tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq
  • 18.02.2023
  • 416

“Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” MChJ ishchi-xodimlari hamda Facebook ijtimoiy tarmoq sahifasida “Islam Kaparzo” nomi bilan tanilgan bloger ishtirokida 2023-yil 18-fevral sanasida joylashtirgan videomurojaat “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati o‘rganib chiqilib, quyidagilarni ma'lum qiladi:

Videomurojaat: https://www.facebook.com/islambek.karimbaev/videos/2169794986742027/

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil 18-martdagi 168-son qarorining 2-bandi, birinchi xatboshida xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi xususiylashtiriladigan aksiya paketlari (ulushlari) (1-ilovaga muvofiq) tasdiqlangan ro‘yxatning 47-qatoriga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ balansida bo‘lgan, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” muassasasi ham kiritilgan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ balansidagi “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” tibbiy muassasasini alohida mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shakliga keltirib, 2022-yilda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga belgilangan tartibda “Kelishuv” hamda “Topshirish–qabul qilish dalolatnomalari”ga asosan topshirgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” MChJ ishchi-xodimlari hamda Facebook ijtimoiy tarmoq sahifasida “Islam Kaparzo” nomi bilan tanilgan bloger ishtirokidagi videomurojaatida ko‘tarilgan masala yuzasida rasmiy munosabatni e'lon qiladi:

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasida belgilab o‘tilgan tartibga muvofiq, “Toshkent tibbiy-sanitariya qismi” MChJning bugungi kundagi ta'sischisi vakolatidagi masala ekanligini inobatga olib, mazkur masalani belgilangan tartibda uning Ta’sischisi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

 

Korporativ munosabatlar va aktivlar bo‘limi

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>