OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Elektr va tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
  • 10.03.2023
  • 191

“N.G.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari M.Sh. va boshqalar korxonaning ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1 million kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.  

Departamentning Paxtaobod tumani bo‘limi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “O’.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari T.U. va boshqalar “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘ini xududidagi g‘isht ishlab chiqarish binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 402,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

Departamentning Baliqchi tumani bo‘limi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. o‘zining xonadonida tashkil etgan yashirin yog‘ ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 276,1 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

Departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “E.Sh.” va“M.D.” oilaviy korxonalari rahbarlari ushbu korxonalarning ishlab chiqarish sexi va choyxonani hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 159,7 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

 Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.Z.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada tabiiy gaz sarfi bo‘yicha ma’lumotlarni elektron tarzda gaz ta’minoti korxonasi dasturiga jo‘natishga mo‘ljallanmagan gaz hisoblash uskunasidan foydalanib, jami 72 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.  

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 934,1 million so‘m zarar yetkazilgan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

O‘zA  

Manba: https://uza.uz/oz/

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>