Yangiliklar
Prezident qarori: Toshkent shahridagi iste'molchilarning energiya resurslariga o‘sib borayotgan talabini ta'minlash maqsadida umumiy quvvati 1100 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyalar hamda 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya quriladi
  • 13.03.2023
  • 567

⚡️  Prezidentning tegishli qarori (PQ-91, 11.03.2023-yil) bilan, Toshkent shahridagi iste'molchilarning energiya resurslariga o‘sib borayotgan talabini ta'minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, Energetika vazirligining:

✅ “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi “O‘zsuvta'minot” AJ hududida quvvati 400 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlarini (100 MVt);

✅ “China Gezhouba Group Investment Company Co.,Ltd” (Xitoy Xalq Respublikasi) kompaniyasi ishtirokida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida quvvati 700 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlarini (100 MVt) joriy yil yakuniga qadar ishga tushirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.

⚡️ 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya quriladi

Prezidentning “Toshkent shahridagi iste'molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan:

Energetika vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ va “O‘zmetkombinat” AJning takliflariga asosan 2023-yilda Toshkent shahri elektr ta'minotini yaxshilashga qaratilgan 35–110 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasi tasdiqlandi.

Yunusobod, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod va Yangihayot tumanlarida umumiy quvvati 664 MVA bo‘lgan 5 ta 110 kV kuchlanishli podstansiya hamda 49,6 km uzunlikdagi 35 kV va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini quriladi;

➖  Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Mirobod tumanlaridagi 4 ta podstansiyani rekonstruksiya qilish orqali ularning o‘tkazish quvvatini 179 MVAga oshiriladi;

➖  jismonan eskirgan 7,5 km uzunlikdagi 35 kV va 41,7 km uzunlikdagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini zamonaviy turdagi kabel va simlarga almashtiriladi.

⚡️ 384 nafar xodim hamda 102 ta texnika belgilangan ob'ektlarning qurilish-montaj ishlariga jalb qilinadi

Energetika vazirligining “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga tegishli elektr tarmoqlari ob'ektlarini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga balans (qoldiq) qiymatida berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Bunda ob'ektlar barcha elektr qurilmalari, mol-mulklar, ularning texnik hujjatlari, shuningdek, boshqa muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari bilan birga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini oshirish (kamaytirish) hisobiga o‘tkaziladi hamda soliq solish ob'ekti hisoblanmaydi.

⚡️  Transformator punktlari va kabel mahsulotlari uchun 220 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari jalb qilinadi

➖ 2023-yilda past kuchlanishli transformator punktlari va kabel mahsulotlarini xarid qilish uchun Toshkent shahar hokimligi tomonidan “O‘zmilliybank” AJdan 220 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari jalb qilinadi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ uchun belgilangan tartibda ochiladigan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beriladi;

➖ Toshkent shahri hokimligi tomonidan jalb qilingan kredit mablag‘lari 2024-yildan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tegishli tarmoq jadvaliga muvofiq to‘lab beriladi;

➖ loyihalashtirish, ekspertiza va qurilish-montaj ishlari“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan xo‘jalik usulida amalga oshiriladi.

⚡️  Prezident qarori bilan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va yordamchi pudratchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “O‘zenergoinjiniring” AJ va Korxonalarga tanlov va tender savdolarini o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va yordamchi pudratchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi. Bunda ushbu shartnomalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan hujjatlar taqdim etilgan sanadan 10 kun muddatda ekspertizadan o‘tkaziladi;

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan temir-beton mahsulotlari hamda qo‘shimcha qurilmalar Loyihada belgilangan korxonalar tomonidan xarid qilinadi.

⚡️ Prezident qarori bilan

➖ shaharlarda va yirik aholi punktlarida 35/0,4 kV kuchlanishli transformatorlardan foydalanish kengaytiriladi.

➖ Tarmoqlarni 10 kV va 35 kV kuchlanishga o‘tkazish orqali 6 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarini bosqichma-bosqich ekspluatatsiyadan chiqarish hamda 0,4 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining uzunligi qisqartiriladi.

➖ Shaharlarda va yirik aholi punktlarida 35 kV va 110 kV kuchlanishli yangidan quriladigan podstansiyalar yopiq turga o‘tkaziladi.

Loyiha va Dastur ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish maqsadida Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligida Ishchi guruh tuziladi.


Manba:

https://t.me/uzauz/4231

https://t.me/uzauz/4232

https://t.me/uzauz/4233

https://t.me/uzauz/4234

https://t.me/uzauz/4235

https://t.me/uzauz/4236


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>