OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — Ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi ikki oyda 55 million 876 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqardi
  • 14.03.2023
  • 142

Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, Navoiy va Samarqand viloyatlarida har birining quvvati 100 MVtdan bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida 55 million 876 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi qariyb 140 ming xonadonning ikki oylik iste’molidir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu stansiyalarda  “yashil energiya”ning ishlab chiqarilishi natijasida 15 million metr kub gaz tejalishiga erishildi. Atmosferaga 22 ming tonna zararli gazlarning chiqishi oldi olindi.    

O‘zA

Manba: https://uza.uz/oz/posts/

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>