OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Andijon viloyati isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida yangi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i va podstansiya qurilmoqda
  • 25.03.2023
  • 146

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Andijon viloyatining Shahrixon, Baliqchi, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlari isteʼmolchilarining elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kVli yangi elektr uzatish tarmog‘i va yuqori kuchlanishli podstansiya qurilmoqda.

Bugungi kunda qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda. Jumladan:

➖ Uzunligi 14 km bo‘lgan 220 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun tayanchlar o‘rnatilib, sim tarmog‘ini tortish ishlari yakunlandi.

➖ Yangi podstansiya uchun bitta yuqori kuchlanishli 125 MVAli transformator o‘rnatildi. Shuningdek, loyiha doirasida yana bitta transformator o‘rnatish rejalashtirilgan.

Podstansiyaning dastlabki quvvatlari joriy yil yakuniga qadar va 2024-yilda esa to‘liq quvvatlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu loyiha Prezidentimizning 2021-yil 12-iyuldagi PQ–5180-son qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

▶️ @minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7545

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>