Yangiliklar
Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
  • 17.04.2023
  • 259

14-aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasidan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hajmlarini oshirish, shuningdek, energetika sohasidagi loyihalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Mavjud masalalarni hal etishda o‘zaro manfaatli asosda doimiy hamkorlik qilib borishga kelishildi.

▶️ @minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/7690?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>