Yangiliklar
BUXORO: Foydalanish muddati tugagan elektr qurilma va jihozlari o‘rniga yangi va ixcham — zamonaviy qurilma va jihozlar o‘rnatilmoqda
  • 26.04.2023
  • 262

Avval xabar berganimizdek, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya va taʼmirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Yillik rejaga asosan “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi 220/110/35/6 kV kuchlanishli "Buxoro” podstansiyasida ham modernizatsiya loyihasiga muvofiq jismonan eskirgan MSV-35 kV rusumdagi eski o‘chirgich zamonaviy vakuumli o‘chirgichlarga almashtirilmoqda.

Shuningdek, mazkur yuqori kuchlanishli podstansiyasida eskirgan izolyatorlarni yangi rusumdagi zamonaviy izolyatorlarga almashtirish ishlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, Filiali tasarrufidagi L-B-A-220 kV elektr uzatish havo tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

✍️ Sobit Arslanov, “Buxoro magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>