Yangiliklar
SAMARQAND: yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida mukammal taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 08.05.2023
  • 266

«Samarqand  magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi texnik nomi L-S-I bo‘lgan 220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Misol uchun, elektr tarmog‘ining 67–72-tayanch ustunlari oralig‘i begona o‘tlardan tozalanib, dispetcherlik nomlari yangilandi. Shuningdek, 32 dona eskirgan izolyatorlar zamonaviylariga almashtirildi, 5 dona tayanch ustunidagi qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalarning texnik holati tekshirildi, nosozlari ta’mirlandi.

Maʼlumot o‘rnida: 220 kV kuchlanishli L-S-I elektr uzatish havo liniyasi 1963-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, uning uzunligi 55,737 kilometrdan iborat.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>