Yangiliklar
“Energo-IT” filiali jamoasi yodgorlik majmuasiga sayohat tadbiri tashkil etishdi
  • 11.05.2023
  • 228

⚡️ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi “Energo-IT” filiali xodimlari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2023-yil 10-may kuni “G‘alaba bog‘i”ga sayohat tadbiri tashkil etishdi.

 

 

Mazkur yodgorlik majmuasi mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan 2020-yil 9-may kuni Toshkentning Olmazor tumanida ochilgan.

Bog‘ning ekspozitsiyasida front hayoti sahnalari, jonlantirilgan harbiy ofitserlarning manekenlari, blindajlar, okoplar, dala oshxonalari kompozitsiyalari, shuningdek, temiryo‘l vokzali, eski kutubxonalar va tibbiy punktlar aks ettirilgan noyob eksponatlar bor. Shu yerning o‘zida urush yillaridagi harbiy qurollar ko‘rgazmasi ham namoyish etilgan. Yodgorlik majmuasida kishi o‘zini xuddi o‘sha davrdagi tushib qolgandek his qilar ekan. Filial xodimlari “G‘alaba bog‘i” sayohatidan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

 

 

 

✍️  “Energo-IT” filiali xodimlari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>