Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari Energetika forumi doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etmoqda
  • 19.05.2023
  • 211

Avval xabar berganimizdek, Energetika vazirligi tashabbusi bilan 2023-yil 18–20-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston II xalqaro energetika forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum doirasida 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi; “Power Uzbekistan 2023” 16-xalqaro ko‘rgazmasi; “Yashil energetika texnologiyalari – GETSA 2023” namoyishi hamda 3-Xalqaro O‘zbekiston energetika anjumani kabi tadbirlar mujassam.

⚡️ Shuni alohida e'tirof etish lozimki, 18 ta mamlakatdan yetakchi neft, gaz va eolektr energetika kompaniyalarining keng ekspozitsiyasi, soha sanoatining yangi mahsulotlari va texnologiyalari namoyish etilayotgan mazkur xalqaro tadbirda mamlakatimizdagi kichik va o‘rta biznes vakillari ham faol ishtirok etmoqda. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislarida elektr energetika tarmog‘iga taalluqli rangbarang mahsulot turlari hamda xizmat ko‘rsatish takliflari katta taassurot qoldirdi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>