Yangiliklar
TABRIKNOMA: “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ — 60 yoshda!
  • 19.05.2023
  • 346

ASSALOMU ALAYKUM!

Hurmatli “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ jamoasi aʼzolari, aziz hamkasblar!

Ko‘pyillik hamkor tashkilot sifatida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi nomidan barchangizni “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ faoliyatiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan qizg‘in muborakbod etaman!

Maʼlumki, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Energetika sohasi oldiga qo‘yilgan bugungi kundagi ustuvor vazifalar ko‘lami juda keng. Zero, biz faoliyat olib borayotgan Energetika sohasi yurt ravnaqi, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri ekanligi bot-bot eʼtirof qilinadi. Bu esa o‘z o‘rnida barchamizning fidokorona faoliyat tashkil etishimizni, bir so‘z bilan aytganda, vatanparvarlik ruhida ishlashimizni taqozo etadi.

 Aslini olganda, bir butun soha rivoji bir yoki bir nechta kishining faoliyati bilan taʼminlanmaydi. Bu o‘rinda katta bir jamoaning, keng soha mutaxassislarining jonbozlik bilan olib borayotgan faoliyati o‘z samarasini ko‘rsatadi. Shu maʼnoda aytishim mumkinki, bizning hamkorlikdagi barcha saʼy-harakatlarimiz mohiyatida ham birdamlikning kuch-qudrati namoyishi mujassam, deb bilaman!

 O‘zbekiston Respublikasi elektr energetikasini rivojlantirish va xalq xo‘jaligini elektrlashtirishdagi uzoq yillik va halol mehnatlaringiz natijasi o‘laroq bugungi kunda yorug‘ yuz bilan kelgusidagi yuksak marralar sari ildam qadamlar qo‘ymoqdasiz. Bu yo‘lda esa siz-u bizning samimiy ruhdagi hamkorligimiz faoliyat samaradorligini taʼminlashi muqarrar.

 “4-sonli montaj boshqarmasi” AJ faoliyatiga 60 yil to‘lishi munosabati bilan barchangizni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi nomidan yana bir bor qizg‘in muborakbod etaman!

 Yurtimiz energetika sohasi ravnaqi, xalqimiz baxtu saodati, ona Vatanimizning tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi xayrli ishlaringizga Yaratganning o‘zi hamisha madadkor bo‘lsin!

 Hurmat bilan,

 D.A.Isaqulov, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>