Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-son qarori asosida yuqori kuchlanishli podstansiyalarda foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan elektr uskunalarni zamonaviy, xalqaro standartlarga mos keladigan uskuna va jihozlar bilan yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Misol uchun, qiymati 30,59 mln. AQSh dollariga teng, Respublikada hozircha yagona hisoblangan elegaz izolyasiyali komplekt taqsimlovchi qurilmaga ega KRUE — zamonaviy podstansiya qurilishiga “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi tomonidan start berildi. Qurilish boshlanishiga start berish marosimda buyurtmachi, loyihachi va quruvchi korxona rahbarlari ham ishtirok etishdi.
⇒ Eslatib o‘tamiz, KRUE 220/110/35 kV kuchlanishli elektr qurilmalari tender savdolarida g‘olib deb topilgan XXRning “Shandong Electrikal Enjineering and Equipment Group Co. Ltd” kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati