Bo'sh ish o'rinlari
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Elektr energiyasini xususiy ishlab chiqaruvchilari bilan ishlash boʻlimi mutaxassisi lavozimiga tanlov e’lon qilinadi
  • 12.06.2023
  • 218

Lavozim vazifalari:

• Xususiy elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar bilan ishlash, oʻzaro tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishini taʻminlash va hisobotlarni yuritish;

• Sohaga xususiy investorlarni jalb etish, muzokaralarda ishtirok etish;

• Xususiy investorlar tomonidan quriladigan elektr stansiyalar boʻyicha oʻtkaziladigan tender savdolarini kuzatish, gʻolib kompaniyalar bilan shartnoma tuzishga kirishish;

• Xususiy investorlar tomonidan qurilayotgan loyihalar boʻyicha monitoring olib borish, Aksiyadorlik jamiyati zimmasiga olingan vazifalarni bajarilishini ta’minlash.

Kerakli koʻnikmalar va malakalar:

• Energetika sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;

• Elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonini puxta bilishi;

• Ingliz tilini mukammal bilish;

• Oliy maʻlumotga ega boʻlish.

Taklif etamiz:

• Kasbiy rivojlanish va martaba oʻsishi;

• Korporativ taʼlim va treninglar;

• Qulay mehnat sharoitlari;

• Zamonaviy ofis;

• Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;

• Inoq jamoa;

• Shtat jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.


Rezyumeni elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

 Murojaat uchun: 71-236-6615.

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz  info@uzbekistonmet.uz

Onlayn rezyume

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume 

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

 

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

Call centre raqami: +998 (55) 500-5545

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>