Qiziqarli xabarlar
Xitoy dunyodagi eng katta shamol turbinasini ishga tushirdi
  • 08.08.2023
  • 426

Xitoy kompaniyasi dunyodagi ilk 16 MVt quvvatga ega shamol turbinasini tarmoqqa ulashini e'lon qildi. Minoraning balandligi 152 metrni tashkil etadi. Bu taxminan 50 qavatli turar-joy binosining balandligiga teng.

Qurilma deyarli 290 km/soat tezlikdagi shamolga bardosh bera oladi va 36 ming xitoylikning xo‘jaligini energiya bilan ta’minlaydi. Har bir parrakning uzunligi 123 metr bo‘lib, umumiy og‘irligi 54 tonnani tashkil etadi. Ushbu turbinaning yillik ishlab chiqarish quvvati 66 GVt•soatga yetishi kutilmoqda.

#shamolenergiyasi

Manba: https://t.me/clearenergy/2129

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>