«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali shuni ma'lum qiladiki, 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasidagi AT-1 200 MVA to‘la quvvatli transformator, modernizatsiya dasturi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik rejasiga muvofiq, qisqa muddatga ta'mirga chiqarilishi munosabati bilan 2023-yil 16-sentabr kuni soat 23:00 dan 17-sentabr 06:00 gacha Qashqadaryo viloyatining Qarshi, Chiroqchi, Ko‘kdala, va Kasbi tumanlarining ayrim hududlari elektr ta'minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ta'mirga chiqarilayotgan transformator tunning iste'mol keskin kamaygan paytida, 8 soat muddatga o‘chirilib ta'mirlanadi va uning quvvati boshqa elektr qurilmasiga yuklanadi.
⚡️ Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.
‖ Veb-sahifa ‖ Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati