Yangiliklar
Bosh prokuror o‘rinbosari boshchiligidagi Ishchi guruh Farg‘ona viloyati energetika obyektlarida o‘rganish o‘tkazdi
  • 27.09.2023
  • 157

Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligidagi Ishchi guruh Farg‘ona viloyatida faoliyat yurituvchi issiqlik elektr stansiyasidagi ishlab chiqarish jarayoni, "Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari" AJ tasarrufidagi elektr jihozlar hamda transformator punktlarini ta'mirlash sexlari, shuningdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJdagi elektr uskuna va jihozlarning elektr uzatish jarayoni barqarorligi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilgan ishlarini o‘rganishdi.

⚡️ Bundan tashqari, tuman (shahar) elektr tarmoqlari hamda gaz ta'minoti korxonalarining avariya sodir bo‘lganda navbatchi brigadalar shayligi bilan tanishildi.

Korxonalar faoliyati bilan tanishish jarayonida ishlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Manba: Bosh prokuratura

‖  FacebookInstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>