Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 09.10.2023
  • 130

⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️ “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi lavozimi.

❗️TALABLAR: Oliy maʼlumotli; Energetika tizimida kamida 5-yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi va rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi hamda kamida 5-yil ish stajiga ega bo‘lishi kerak; O‘zbek (davlat) tili va rus tili mukammal bilishi zarur.

‼️TALABLAR:  “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ni, “Elektr energetikasi obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari”ni, “O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik  ekspluatatsiya qilish qoidalari”ni, “Yagona elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni  tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi qonuni, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim. Bundan tashqari, “Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni texnikasi qoidalari”ga asosan V guruh toifasiga ega bo‘lishi talab etiladi.

Shuningdek, 220 kV kuchlanishli podstansiya elektr qurilmalarida almashtirib-yoqish operatsiyalarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lishi kerak; 35–110–220 kV kuchlanishli elektr qurilmalarda amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi, ya’ni bajariladigan joriy va mukammal taʼmirlash ishlarini rejalashtirish, olib borish, rele himoyasi va avtomatika qurilmalarining ishlash prisniplarini bilishi va ekspluatatsiyada qo‘llay olishi lozim; Elektr tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy rejimlarda tezkor tiklash va muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Boshqa e’lonlar:«Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume

Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz  info@uzbekistonmet.uz

✔️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
✔️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

Facebook  ‖ InstagramYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>